Rodenko Konstantin Gerasimovich

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (19.04.1944)

Konstantin Rodenko 1923 yil 7 martda Toshkentda tug’ilgan. Maktabning to’qqizinchi sinfini tugatgan. Armiya safiga chaqirilishdan oldin, Solikamskda yashab, mexnat qilgan. 1944 yilda Rodenko Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Shu yildan – Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan.
1945 yil aprelga qadar serjant Konstantin Rodenko 3-Belorussiya fronti 43-armiyasi 70-o‘qchi diviziyasi 224-chi artilleriya polkining orudiyasiga komandirlik qilgan. Sharqiy Prussiyadagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan. Koenigsberg yaqinida, Gross-Fridrixsberg hududi uchun janglarda, Rodenkaning xisobi 4 ta pulemyot nuqtasini, 1 ta kuzatuv punktini, 1 ta artilleriya orudiyasini va ko’plab dushman askarlari va ofitserlari yakson qiladi.
Nemislarning qarshi hujumini qaytarishda, Rodenko dushmanning 40 ga yaqin askari va ofitserini yo’q qilgan. 1945 yil 9 aprelda Moditten tayanch puknti uchun jangda, Rodenkoning xisobi kanal ustiga ko’prik quradi va birinchi bo’lib dushmanning pozitsiyasiga yorib kirib, 1ta og’ir tankini yo’q qiladi. Nemislarning qarshi hujumini qaytarishda, Rodenko shaxsan o‘zi dushmanning 17 ta askarini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 19 apreldagi Farmoni bilan “Nemis bosqinchilariga qarshi kurashda, jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” serjant Konstantin Rodenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Toshkentda yashab, mexnat qilgan. 1985 yil 25 iyunda vafot etgan va Toshkent harbiy qabristoni, qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI