RAJABOV NARAZ (NARZE) 

kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (13.09.1944)

Narze Rajabov 1924-yil iyun oyida Buxoro Xalq Sovetining Xazarman qishlog‘ida (hozirgi Buxoro viloyati Jondorskiy tumanidagi qishloq) dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. Malumoti to‘liqsiz o‘rta. Harbiy xizmatgacha u kolxozda ishlagan.
N.Rajabov 1942-yil 1-yanvarda O‘zbekiston SSR Buxoro viloyatining Sverdlovsk tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. Xizmatini SSSR IIXK (NKVD) ichki qo‘shinlarida boshlagan.
1943-yil sentabrdan 31-o‘qchilar diviziyasining 818-o‘qchi polkining 3-o‘qchilar rotasining qo‘l pulemyotchisi sifatida xizmat qilgan. Janubi-g‘arbiy va Dasht frontlaridagi Donbass operatsiyasida qatnashgan, Avul platsdarmida jang qilgan. 1943-yil 3-dekabrdan boshlab 2-Ukraina frontining 31-o‘qchilar diviziyasida jang olib borgan va Kirovograd operatsiyasida qatnashgan.
Uman-Botoshan operatsiyasi davomida jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil 5-martida nemislarning mudofaasini yorib kirishda Narz, dushman pozitsiyalarini chetlab o‘tib, o‘z olovi bilan dushmanda vahima qo‘zg‘atadi. Jasur pulemyotchi manevri o‘qchi qismining oldinga tezkor harakatini rivojlanishiga va Rijanovka qishlog‘ida nemis tayanch punktini deyarli hech qanday yo‘qotishsiz egallashga imkon yaratadi. Keyingi hujum paytida Narze bir necha bor o’z rotasini oldinga harakatlarini taminlaydi va dushmanning qarshi hujumlarini qaytaradi. Umon shahrini ozod qilishda qatnashgan, safdoshlarini Gorniy Tixich, Janubiy Bug, Dnestr va Reyt daryolari orqali o‘tishini taminlagan.
Prut daryosidagi davlat chegarasiga chiqib borish vazifasini bajara turib, 818-o‘qchilar polki nemislarning Reutsel qishlog‘idagi tayanch punktini egallab oladi va Ungeniga hujum boshlaydi. Biroq, Stariy Negureniy (Negureniy Vek) qishlog‘ida kuch jixatdan ustun bo‘lgan dushman kuchlari tomonidan qarshi hujumga uchraydi. 27-mart kuni nemis va rumin qo‘shinlari tanklar va samolyotlar yordamida Sovet qo‘shinlarini Ruminiya chegarasidan siqib chiqishga uch marta urinish amalga oshiradi, ammo polk o‘z pozitsiyasini qat’iy ushlab turadi. Rajabov pulemyotidan o‘q uzib, dushmanga jiddiy zarar etkazadi. O‘q tugaganida, sovet jangchilari qo‘l jangiga kirishib, jangda 10 ta dushman askarini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yilda 13 sentyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”  kichik serjant Narze Radjabovga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan .
1944-yil 20-avgustda 31-o‘qchi diviziyasi Yasi-Kisinyov operatsiyasi doirasida hujumga o’tadi. Dushmanning mudofaasini yorib kirib, bo’linmalar, Ungen umumiy yo’nalishi bo’yicha oldinga harakat boshlaydi. 1944-yil 22-avgustda Todiresti qishlog’i uchun jangda kichik serjant N.Rajabov vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI