QURBONOV ALEKSEY ABDURAXMONOVICH

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944)

1925-yil 23-fevralda Niyozbash qishlog‘ida (hozirgi Yangiyo‘l tumani) tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgan. 1943-yilning mart oyida Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan.
Ikkinchi jahon urushida Dasht fronti 37-armiyasi 92-gvardiya o’qchilar diviziyasi 282-gvardiya o’qchilar polkida mergan bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yilning 30-sentabrdan 17-oktabrgacha Ukraina SSR Kirovograd viloyati, Onufriyevskiy tumani, Deriyevka qishlog‘i yaqinidagi Dneprning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallash va ushlab turish uchun bo‘lgan janglarda 150 dan ortiq dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Qurbanov Aleksey Abduraxmanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
2008-yil 28-iyulda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI