QORABOYEV ELBOY
yefreytor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.10.1944)
1917-yil 15-mayda Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Baxrin qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. Ma’lumoti – tugallanmagan o‘rta. Kolxozda ishlagan.
1941-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushida 722-chi o‘qchilar polkining alohida avtomatchilar guruhi komandiri bo‘lgan. 1943-yilning 25-sentyabrida Dneper daryosini birinchilar qatorida Pekari qishlog‘idan (Kanevskiy tumani, Cherkasiy viloyati) kechib o‘tgan.
7-oktabrda Studenets qishlog‘i yaqinida qo‘l jangida nemis ofitserini o‘ldiradi va uning yonidagi qimmatli hujjatlarni qo‘lga kiritadi, granata otib, pulemyot hisobini yo‘q qiladi va pulemyot olovi bilan o‘z rotasini daryodan o’tishida pana qilib turadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevralidagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, yefreytor Qoraboyev Elboy Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
O‘zining tug‘ilib o‘sgan Baxrin qishlog‘ida yashab, mehnat qilgan.