PETROV IVAN EFIMOVICH

armiya generali, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (29.05.1945)

1896-yil 18 (30) sentabrda Bryansk viloyatining Orlov guberniyasi Trubchevsk shahrida etikdo‘z oilasida tug‘ilgan. Rus. 1913 – 1916 yillarda Karachev shahridagi o‘qituvchilar seminariyasida ta’lim oldi.
Fuqarolar urushi yakunlanganidan so‘ng, Birinchi otliq armiyasining 11-otliq diviziyasi alohida otliq eskadroni komandiri bo‘lgan. 1922-yil bahorda o‘z xizmatini Turkistonda boshlaydi.
1926 va 1931 yillarda Qizil Armiya qo‘mondonlik shtabining taktik-otish malaka oshirish («Otish») kurslarini tamomlagan.
1929-yilda Turkman brigadasi 2-turkman otliq polkining komandiri bo‘lgan. O‘sha yili Qizil Armiyaning Afg‘onistondagi harbiy operatsiyasida ishtirok etadi. 1931-1932 yillarda 1-Turkiston tog’ o‘qchi diviziyasi komandiri bo‘lgan.
1932-1940 yillarda birlashgan harbiy maktabning (1937-yildan Toshkent piyodalar bilim yurti deb atalgan) rahbari va komissari bo‘lgan. 1939-yil 4-noyabrda diviziya komandiri lavozimiga tayinlangan. 1940-yil iyunda 194-o‘qchi diviziya komandiri, oktyabrda esa O‘rta Osiyo harbiy okrugi piyodalar inspektori bo‘lgan. Qizil Armiya tarkibiga general unvonlari joriy etilishi bilan 1940-yil 4-iyunda I. E. Petrovga general-mayor unvoni beriladi.
1941-yil mart oyida Petrov O‘rta Osiyoda tashkil etilgan 27-mexaniklashtirilgan korpus komandiri etib tayinlandi.
Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan korpus zudlik bilan shakllanib, Bryansk hududiga yuboriladi. 1941-yil 15-iyulda 27-mexanizatsiyalashgan korpus boshqarmasi tarqatib yuboriladi. General I.E.Petrov 1-otliq diviziya komandiri etib tayinlanadi.
1941-yil 20-avgustda Petrov 25-Chapayev o‘qchi diviziyasi komandiri etib tayinlanadi va Odessaning mudofaasida qatnashadi. 1941-yil 5-oktyabrda general-mayor I.E. Petrov Primorskiy Armiyasi qo‘mondoni etib tayinlanadi. Sovet qo‘shinlarining Odessadan Qrim yarim oroliga evakuatsiyasiga boshchilik qiladi.
1942-yil avgustdan 44-Armiya qo‘shinlariga, 1942-yil oktabr oyida Kavkaz orti frontining Qora dengiz qo‘shinlariga qo‘mondonlik qiladi. Ushbu lavozimlarda Kavkazning mudofaa janglarida jonbozlik ko‘rsatadi, hamdaTuapsinning mudofaa operatsiyasi davomida o‘ta muhim o‘rin kasb etadi. 1942-yil 14-oktabrda I.E. Petrovga «general-leytenant» harbiy unvoni berilgan. 1943-yil 27-avgustda general-polkovnik unvoniga va 1943-yil 9-oktabrda esa armiya generali unvoniga sazovor bo‘ladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-maydagi Farmoniga binoan “Berlin va Praga operatsiyalarida qo‘shinlarni mohirona boshqarganligi, tashabbusi va sadoqati uchun uchun” armiya-generali Ivan Yefimovich Petrov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1958-yil 7-aprelda vafot etgan. Moskvadagi Novodevichiy qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"MEHNAT QIZIL BAYROG'I" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"ODESSA MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​

"SEVASTOPOL MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​

"KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

«BERLINNI ZABT ETGANLIGI UCHUN» MEDALI

«PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN» MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 30 YILLIGI" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 40 YILLIGI" YUBILEY MEDALI