PASOV NIKOLAY TROFIMOVICH
leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)
1914-yil 10-dekabrda Meleuz qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati – rus. Maktabni va moliya-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Boshqirdistonning Beloretskiy tumani Kaga qishlog‘ida yog‘ochni qayta ishlash bo‘yicha xodim bo‘lib ishlagan.
1940-yil dekabr oyida O‘zbek SSRning Toshkent shahar Stalin harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yilda Suxumidagi harbiy piyodalar bilim yurtini va “Otish” kurslarini tamomlagan. 1944-yil 24-apreldan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1944-yil 26-iyulda Prut daryosi yaqinidagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan. 229-o‘qchi polkining 7-o‘qchi rotasi komandiri (8-o‘qchi diviziyasi, 18-armiya, 4-chi Ukraina fronti), leytenant Nikolay Pasov Prut daryosiga bo‘lgan hujumni mohirona tashkillashtirgan va 1944-yil 26-iyulda jang boshlab, dushman shtabini yakson qiladi va ko‘plab texnikalarini qo‘lga kiritadi. Lelyatin bekatida dushmanning katta guruhini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Nikolay Trofimovich Pasov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1975-yil 8-iyulda vafot etgan. Ufa shahriga dafn qilingan.