MIRZAEV TOXTASIN
 oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,Sovet Ittifoqi qahramoni (20.12.1943)

1913-yilda Marhamat qishlog‘ida (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati) dehqon oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni olgan. Kolxozda mashina-traktor stantsiyasida ishlagan.
1942-yilda Marxamat viloyat harbiy komissariyati tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushiga 1943-yildan qatnashgan. Dneprni kechib o‘tishda va egallangan platsdarmni ushlab turishda o‘zini ko‘rsatgan.
1943-yil 3-oktyabrda Mishurin Rog qishlog‘idan (Dnepropetrovsk viloyati Verxnedneprovskiy tumani) janubi-g‘arb tomondagi 160,7 balandlik uchun bo‘lgan jangda gvardiya jangchisi Mirzayev jangchilarni hujumga boshlaydi, birinchi bo’lib balandlikka yorib kirib dushman pulemyotini yo‘q qiladi. Balandlik olinadi, askarlar 10dan ortiq fashistlar hujumini bartarf qilishadi va o’z pozitsiyalarini saqlab qolishadi. Keyingi janglarning birida Mirazev bedarak yo‘qoladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 20-dekabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” gvardiya oddiy askari Mirzayev To‘htasin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI