MAXORIN IVAN FEDOROVICH

gvardiya serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (15.01.1944)

 

1916 yil 9 martda Gori qishlog’ida (hozirgi Inder tumani, Qozog’istonning Atirau viloyati) ishchi oilasida tug’ilgan. Millati – rus.

Boshlang’ich maktabni tugatgan. Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik respublikasi, Mo’ynoq tumani Uchsay qishlog’idagi baliqchilik fabrikasida baliqchi kemasida mexanik bo’lib ishlagan.

1942 yil iyul oyida Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Mo’ynoq tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan va 1942 yil sentyabrdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

1943 yil 22 sentyabrda serjant Ivan Maxorin Kiev viloyatining Chernobil shahri sharqidagi Dneprni birinchilardan bo’lib kechib o’tadi va o’ng qirg’og‘ida mustahkam joylashib, butun bo’linmani kechib o‘tishini dushmanga o’t o’chish bilan ta’minladi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944 yil 15 yanvardagi Farmoni bilan “Dneprni kechib o’tishda bo’lgan janglarda ko’rsatgan qahramonligi uchun” serjant Maxorin Ivan Fedorovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"2-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI