MAKAROV PYOTR FYODOROVICH

leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (01.10.1944)

1922-yil 7-noyabrda Smolensk viloyati Kardimovskiy tumani Goryupino qishlog‘ida tug‘ilgan. 1935-yilda Yarsevo tumanidagi Vorotishino qishlog‘iga ko‘chib o‘tgan, maktabning 7-sinfini tugatgan va kolxozda ishlagan. 1941-yil iyuldan Qizil Armiya safida. 1942-yilda Riga piyoda askarlari bilim yurtini tugatgan. O‘sha yilning may oyidan – Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan.
1943-yil noyabrga kelib, 1-Ukraina fronti 38-armiyasi 167-o‘qchi diviziyasi 520-o‘qchi polkida rota komandiri bo‘lgan. Kiyevni ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 3-noyabrda rota dushman mudofaasini yorib o‘tib, oldinga siljishni boshlaydi. Dushmanning qarshi hujumini qaytarishda bir nechta tanklarni yo‘q qiladi va piyoda askarlarini chekinishga majbur qilib, Bolalar sanatoriysi qishlog‘ini ozod qiladi. 4-noyabr kuni, Pushcha-Voditsa hududida, rotani dushman pulemyoti to‘htatib qo‘yganida, Makarov unga yashirincha yaqinlashib granata bilan yakson qiladi, o‘zi ham oyog‘idan yaralanadi. Pushchi-Voditsa to‘liq ozod bo‘lganidan keyingina gospitalga ketadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-yanvardagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Makarov Petr Fedorovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Sovet Armiyasidagi xizmatini davom ettirdi. 1976-yilda polkovnik unvoni bilan zaxiraga bo‘shatilgan. Toshkentda yashab, mehnat qilgan.
2006-yil 20-aprelda vafot etgan.

HERO OF THE SOVIET UNION

ORDER OF THE RED BANNER

ORDER OF LENIN

ORDER OF THE PATRIOTIC WAR, 1ST CLASS

ORDER OF THE RED STAR