LEONOV IVAN MIXAYLOVICH
leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (18.08.1945).
1923-yil 8-mayda Belomestnoy Kriusha qishlog‘ida (hozirgi – Tambov viloyati Tambov tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Tambov shahrida 9-sinfini va avtomobil texnikumining 2 ta kursini tamomlagan.
Qizil Armiyada 1941-yil iyuldan. 1944-yilda Tambov harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini bitirgan. Ikkinchi Jahon urushi 1944-yil iyun oyidan. 569-shturm aviatsiya polkining katta uchuvchisi (199-shturm aviatsiya diviziyasi, 4- shturm aviatsiya korpusi, 4-aviatsiya armiyasi, 2-Belorussiya fronti).
Bobruisk yo‘nalishida dushmanning mustahkamlangan chizig‘ini yorib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatadi. 1-Belorussiya frontida dushmanning qurshovidagi guruh jamlanvasini yo‘q qilishda, shuningdek, Mlava yo‘nalishida dushmanning mustahkamlangan chiziqni yorib kirishda va Sharqiy Prussiya guruhini yo‘q qilishda qatnashgan. Sharqiy Pomeran operatsiyasida va Oder daryosining g‘arbiy sohilidagi dushmanning mustahkamlangan chizig‘ini yorib o‘tishda qatnashgan.
27-iyun kuni guruh Borisovning janubi-sharqiy qismiga (Minsk viloyati) dushmanning o‘t ochish nuqtalarini va texnikasini yo‘q qilish vazifasi bilan uchib boradi. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, dushmanning kuchli zenit o‘t ochish zonasida jasorat bilan nishonga hujum qiladi, natijada 5 ta transport vositasini, 3 ta yuk tashish aravasini va 30 ta askar va ofitserni yo‘q qiladi.
29-iyun kuni Berezino-Pogost yo‘lida (Minsk viloyati) dushman avtokolonnasiga hujum qilish vaqtida dushmanning 2 ta “Me-109” samolyoti guruhga hujum qiladi. Leonov samolyotining dum tomoniga otishga uringan dushman samolyotlaidan birining hujumini qaytarib, kuchli zenit o‘lovi ostida 2 ta avtomashinani yoqib yuboradi, yonilg‘i sisternasini portlatadi va 10 dan ortiq askar va ofitserni yo‘q qiladi.
13-avgustda Leonovga Osovets qishlog‘ining shimoliy-g‘arbi (Mogilev viloyatining Krijevskiy tumani) hududida joylashgan, nishonlarni o‘ganishga halaqit qilayotgan, zenit-batareyasini yakson qilish vazifasi topshirildi. O‘rmon chetidagi batareyani aniqlab, bomba yukini mo‘ljalga anq tashlaydi va shu bilan dushmanning chekinayotgan kuchlarini yo‘q qilish uchun jang qilayotgan barcha guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minladi. Shu hujumda yarlanadi va qonga belangan holda samolyotni o‘z aerodromiga qo‘ndiradi.
1945-yil 17-yanvarda Noenburg viloyatida Leonov dushmanning orqaga chekinayotgan kuchlarini yo‘q qilish topshirig‘ini bajarayotganda, dushman avtomobillari kolonnasini aniqlaydi va bu haqda guruh rahbariga radio orqali xabar beradi. Guruh boshlig‘i kolonnaga hujum qilishga qaror qiladi. Natijada guruh 15 ta transport vositasini yo‘q qiladi. Vazifani bajarish vaqtida Leonovning samolyoti urib tushiriladi. Yonayotgan samolyotda front chizig‘idan o‘tib, o‘z hududiga qo‘nadi.
Chekinayotgan dushmanga zarba berib, Leonov 2 ta batareyani, 15 dan ortiq transport vositalarini va yonilg‘i ombori yo‘q qiladi.
IL-2 shturm samolyotida uchib, 1945-yil mayga kelib 106 ta jangovar parvoz avalga oshirib mudofaa qurilmalarini bombardimon qildi va dushmanning tirik kuchi va harbiy texnikasiga katta zarar etkazdi. Dushmanning 8 ta tanki, 108 ta avtomashinasi, 6 ta paravozi, 120 ta harbiy jihozlar va qo‘shinlarni tashish vositalarini vayron qildi, 130 ta vagonni yoqib yubordi, yonilg‘i va o‘q-dorilar bilan to‘ldirilgan 11 ta omborni, 56 ta artilleriya batareyalarini, 300 dan ortiq dushman askarlari va ofitserlarini yakson qildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 18-avgustdagi Farmoni bilan “Qo‘mondonlikning buyruq va vazifalarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Leonov Ivan Mixailovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1957-yildan mayor Leonov zaxirada. Stavropol o‘lkasining Nevinnomyssk shahrida yashagan, avtovokzal dispetcheri bo‘lib ishlagan.
2000-yil 21-noyabrda vafot etgan.