KUZNETSOV VIKTOR PETROVICH
starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (02.27.1945).

1924-yil 24-noyabrda Xabarovskda tug‘ilgan. O‘qishni tugatgandan so‘ng fotograf bo‘lib ishlagan.
1942-yil avgustdan Qizil Armiya safida. 1943-yil maydan – Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1945-yil yanvarga qadar 1-Belorussiya frontining 5-zarbdor armiyasi 9-o‘qchi korpusi 301-o‘qchi diviziyasi 1052-o‘qchi polki 3-o‘qchi batalyoni 9-chi rotasida guruh komandiri bo‘lgan. Polshani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1945-yil 14-yanvarda Magnushevdan 12 km g‘arbda joylashgan Viboruv qishlog‘ida, rotada birinchi bo‘lib, Pilitsa daryosini kechib o‘tib, dushmanning ikkita pulemyot nuqtasini yo‘q qiladi. Daryoning g‘arbiy sohilidagi platsdarmdagi jangda o‘nlab dushman askari va ofitserlarini yo‘q qiladi. 1945-yil 15-yanvarda dushmanning yana 2 ta o‘q otish nuqtasini yakson qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, starshina Kuznetsov Viktor Petrovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Kuznetsov starshina unvonida zahiraga bo‘shatilgan. Toshkentda yashagan, kinooperator bo‘lib ishlagan.
1987-yil vafot etgan, Toshkent Harbiy qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI