KOVESHNIKOV DMITRIY STEPANOVICH
 mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi O‘ahramoni (17.11.1943)

1919-yilda tug‘ilgan. 1921-yilda oilasi bilan birga Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati hududiga ko‘chib o‘tadi.
1928-yilda qishloq maktabida bir yil o‘qiganidan so‘ng, akasi Qo‘qonga (Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston SSR) olib ketadi, u erda 8-sinfni va gidrometrlar kurslarini tugatadi.
1936-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Kolomna shahridagi (Ivano-Frankovsk viloyati, Ukraina SSR) o‘qchilar polkining shtab boshlig‘i yordamchisi sifatida xizmat qilgan.
1941-yilning kuzida shiddatli janglar olib borayotgan polk, qurshovga tushib qoladi. Qurshovdan chiqqanidan keyin avval o‘qchilar vzvodi komandiri, so‘ngra o‘quv batalyoni komandirining o‘rinbosari bo‘lib xizmat qilgan.
1942-yilda u tog‘-o‘qchilar polki shtab boshlig‘i yordamchisi, so‘ngra 1943-yilgacha tog‘-o‘qchilar diviziyasi shtabi bo‘limi boshlig‘i etib tayinlanadi. 1942-yilning yozida qattiq yaralanadi. 1943-1944-yillarda dastlab shtab boshlig‘i, so‘ngra tog‘-o‘qchilar diviziyasi (Primorskiy armiyasi) tog‘-o‘qchilar polkining komandiri bo‘lgan.
1943-yilning sentabrida Novorossiysk uchun bo‘lgan janglarda qatnashadi. 1943-yilning 1-noyabriga o‘tar kechasi, 1339-tog‘-o‘qchilar polkining ilg‘or bo‘linmalari bilan birgalikda Kerch-Eltigen desant operatsiyasida ishtirok etadi. Platsdarmni egallab, nemislarning tanklar ko‘magida amalga oshirilgan 19 ta qarshi hujumini qaytaradi. Shiddatli jangda og‘ir yaralangan polk komandiri o‘rnini egallab, polk boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi va dushmanning qarshi hujumlarini qaytarishda shaxsan ozi boshchilik qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-noyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Koveshnikov Dmitriy Stepanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1998-yil 17-dekabrda Moskvada vafot etgan. Troyekurovskiy qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"MEHNAT QIZIL BAYROG'I" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"3-DARAJALI SSSR QUROLLI KUCHLARIDA VATANGA XIZMAT QILGANI UCHUN" ORDENI