KOSHELEV MIXAIL TIMOFEYEVICH
 serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944)

 1911-yil 7-noyabrda Simbirsk viloyati Chuvarley qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan, 5-sinfni tugatgan. 1926-yildan Toshkentda yashagan.
1933-1936 yillarda Qizil Armiyada xizmat qilgan, zahiraga bo‘shatilgach Toshkentga qaytgan.
1942-yilning martida Toshkent shahrining Lenin tumani harbiy komassarligi tomonidan armiyaga chaqiriladi. Ikkinchi jahon urushida 110-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 310-gvardiya o‘qchilar polkida guruh komandiri bo‘lgan.
1943-yilning 9 oktyabrida bir guruh jangchilar bilan Kutsevolovka (Kirovograd viloyati Onufriev tumani) qishlog‘iga bostirib kiradi, granatalar bilan dushman o‘t ochish nuqtasini yo‘q qilib bo‘linmaga yo‘l ochib beradi.
Gvardiyachilar dushman blindajiga bildirmay kelib, nemislar qismining shtabini qo‘lga kiritishadi. Sovet jangchilari nemis ofitserini hujjatlari bilan asirga olishadi, bir qancha fashistlarni yo‘q qiladi. Asirni qo‘mondonlikka topshirib, jangga qaytadi va tank desantchilari safida, oldinga siljishga halaqit qilayotgan, dushman yog‘och er o‘q otish nuqtasi bo‘lgan balandlikni shturm qilishda faol ishtirok etadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Koshelev Mixail Timofeyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Jangda yaralanganidan so‘ng (kontuziya olganidan so‘ng) davolanish uchun kasalxonaga yuborilgan, shundan keyin jarohati tufayli Toshkentga qaytib keladi. Toshkent temir yo‘lida ishlagan.
1979-yilning 13-martida vafot etgan, Toshkentdagi Harbiy qahramonlar hiyoboni qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI