JUMANYAZOV URAZBAY
oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943)
1924-yilda Sarkov qishloq kengashining (hozirgi Qoraqalpog’istonning Beruniy tumani) qishloqlaridan birida dehqon oilasida tug’ilgan. O’zbek. Dastlabki ma’lumotni olgandan so‘ng, jamoa xo‘jaligida mehnat qilgan. 1942-yil sentabrda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirildi va Ikkinchi jahon urushida jang qiladi. 1943-yil sentabr oyida Markaziy frontning 60-armiyasi 226-o‘qchi diviziyasi 985-o‘qchi polkining o‘qchisi bo‘lgan. U Dneprdagi jang paytida jonbozlik ko‘rsatadi.
1943-yil 25-sentabdan 26-sentabrga o’tar kechasi sapyorlar guruhi tarkibida Ukraina SSR Kiyev viloyati Vishgorod tumani Tolokun Rudnyasi qishlog’i yaqinida Dneprni kechib o’tdi va jangga kirishdi. U dushmanni chalg’itib, uning zarbalarini o‘ziga qaratdi, natijada esa qirg’oqbo’yi hududi muvaffaqiyatli zararsizlantirildi. U doimiy ravishda pozitsiyalarini o’zgartirganligi sababli, dushmanda daryoni katta desant kechib o’tdi degan taassurot qoldirdi. Qo‘shimcha kuch yetib kelganidan so‘ng chekinayotgan dushmanni ta’qib etib, dushmanning bir vzvodga yaqin askar va ofitserlarini shaxsan yo‘q qildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943 yil 17 oktyabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar O‘rozboy Jumaniyozov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1943-yil 12-dekabrda jangda halok bo‘ladi. Kurs viloyati Vistrelka qishlog‘iga dafn etilgan.