JENCHENKO VLADIMIR VASILEVICH
kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (01.11.1943)

1917-yil 2 (15)-iyulda Klyuchi bekatida (hozirgi Krasnoyarsk o‘lkasining Nijneingash tumani) tug‘ilgan. O‘rta maktab va o‘rmon xo‘jaligi maktabini tamomlagan, hisobchi bo‘lib ishlagan. 1938-yilda Qizil armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1942-yilda qo‘mondonlik tarkibining malakasini oshirish kurslarini tugatgan va shu yildan Ikkinchi Jahon urushida jang qilgan. Stalingrad jangida, Ukraina SSR, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriyani ozod etish janglarida qatnashgan. 1943-yil avgustda leytenant Vladimir Jenchenko Dasht fronti 53-armiyasi 299-o‘qchi diviziyasi 960-o‘qchi polkining vzvod komandiri bo‘lgan. U Ukraina SSRning Xarkov viloyatini ozod qilishdagi janglarda jonbozlik ko‘rsatadi.
1943-yil 14-avgustdan 15-avgustga o‘tar kechasi o‘z boshqaruvidagi guruh jangchilari bilan Polevaya qishlog‘i yaqinidagi tepalikni egallab oladi. Dushmanning tank, samolyot va o‘t ochish qurollari yordamidagi bir nechta qarshi hujumlarini muvaffaqiyatli ravishda qaytaradi. Shiddatli jang paytida dushman bilan yakkama-yakka jang qiladi, biroq, tirik qoladi.
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 1-noyabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Vladimir Vasilevich Jenchenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1965-yil 7-sentabrda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"1-DARAJALI SUVOROV" ORDENI