IRGASHEV BOIS XAMIDOVICH
starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (22.02.1944)
1921-yilning 5-mayida Samarqand shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Samarqand drama teatrida ishlagan. 1942-yil yanvarada Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Shu yildan Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan.
Janubi-G‘arbiy, Stalingrad, Don, 3-Ukraina janglarida qatnashgan. 1942-yilda Xarkov yaqinidagi janglarda, Stalingrad, Voroshilovgrad, Izyum-Barvenkovskaya, Donbass, Zaporoje operatsiyalarida ishirok etgan.
1943-yil oktabr oyida 3-Ukraina fronti 12-armiyasi 60-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 132-gvardiya artilleriya polkining razvedkachisi bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 25-oktabridan 26-oktabriga o‘tar kechasi desantchilar guruhi tarkibida Zaporojiya hududida Dnepr orqali Xortitsa oroliga kechib o‘tadi va platsdarmni egallashda faol ishtirok etadi. Daryo orqali, guruh pozitsiyasida polk qo‘mondonligiga qadar aloqa simini tortadi, simlarning shikastlangan joylarini sozlab, uzluksiz aloqani ushlab turadi.
Nemislarning qarshi hujumlarini qaytarishda ishtirok etadi. Qurshovda qolganida, qo‘l jangiga kirishib dushmanning bir qancha askarini yo‘q qiladi, nemis pulemyotini qo‘lga kiritib, dushmanni qirib tashlaydi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevralidagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” kata serjant Irgashev Bois Xamidovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Toshkentda yashagan, 2000-yil 21-iyunida vafot etgan va Toshkentdagi Yalangach-2 qabristoniga dafn etilgan.