HAKIMOV OLIMJON HAKIMOVICH 

mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (27.02.1945)

1919-yil 12-mayda Burchmulla qishlog‘ida (hozirgi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani) tug‘ilgan. U o‘rta maktabni tamomlagan. 1939-yilda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1941-yilda Leningrad harbiy-siyosiy bilim yurtini, 1942-yilda «Otish» kursini tamomlagan. 1942-yilning mart oyidan – Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi.
1945-yil yanvar oyiga qadar mayor Olim Hakimov 1-Belorussiya frontining 47-armiyasi 143-o‘qchi diviziyasi 487-o‘qchi polki batal’oniga komandirlik qildi.
U Polshaning ozod qilinishiga oid janglarda jonbozlik ko‘rsatdi. 1945-yil 16-yanvarda Hakimov batal’oni Xotomuv shahridan 8 km janubi-g‘arbda joylashgan Lomna qishlog‘i yaqinidagi Vislu daryosidan kechib o‘tib, uning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallab oldi, shundan so‘ng asosiy kuchlar daryodan kechib o‘tguniga qadar, fashistlarning o‘n beshta qarshi hujumlarini qaytardi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-fevralidagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun”, mayor Olim Hakimovich Hakimov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1950-yilda Hakimov zaxiraga bo‘shatildi. Toshkentda yashab, faoliyat yuritgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI