BOBOYEV BOTIR DAVRONOVICH
gvardiya katta leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (31.05.1945)
1914-yil 15-mayda Sirdaryo viloyati (hozirgi Toshkent, O‘zbekiston) Qo‘yliq qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng, u Qoraqalpoq ASSRning moliya organlarida ishlagan va Rostov iqtisodiyot institutida sirtdan o‘qigan.
1941-yil avgustda Qizil Armiya safiga chaqirildi. U Shimoli-g‘arbiy, Janubi-g‘arbiy, 3-Ukraina va 1-Belorusiya frontlarida harbiy harakatlarda qatnashgan. Janglarda u bir necha marta yaralangan va kontuziya olgan. 1942-yilda Xarkov artilleriya bilim yurtini bitirgan.
Oborniki shahri (Polsha) uchun o‘tkazilgan janglarda jonbozlik ko‘rsatdi. Dushmanning kuchli qarshiligiga qaramay, gvardiya katta leytenanti Boboyev o‘z batareyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dushman piyoda va tanklari qarshisiga olib chiqib ularni o‘qqa tuta boshladi. Jang paytida u yaralanadi, ammo jang maydonini tark etmaydi. Ushbu jangda batareya piyodalar batalyonicha keladigan jangchilarni, 5 ta tank, 2 ta o‘ziyurar orudiyani yo‘q qilib barcha dushman hujumlarini qaytaradi va bu bilan dushman mudofaasini yorib o‘tib, Varta daryosi kechuvini ta’minladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Fashist-Germaniya bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati, mardligi va qahramonligi uchun”, gvardiya katta leytenanti Boboyev Botir Davranovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.
Urush tamom bo‘lganidan so‘ng, u o‘z diviziyasi shtabida xizmat qildi. Keyinchalik Toshkent (Oktyabr tumani) harbiy komissari etib tayinlandi. 1972-yildan polkovnik B.D.Boboev nafaqaga chiqqan. U Urush faxriylari Kengashining Toshkent bo‘limini boshqargan.
1984-yil 4-noyabrda vafot etdi. U Toshkentda Shon-sharaf hiyoboniga dafn etilgan.