AREFEYEV PYOTR ALEKSEYEVICH

kapitan, IkkinchiJahonurushiqatnashchisi, SovetIttifoqiQahramoni (23.02.1945)

1913-yilning 12-iyunda (25) ishchilar oilasida tug‘ilgan. Millati – rus. Ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta. 1939-yilda Tambov fuqaro aviatsiyasining uchish bilim yurtini tugatgan va harbiy tayyorgarlik kursiga qatnashgan. Fuqaro havo liniyalarida uchuvchi bo‘lib ishlagan. 1942-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan.1943-yilning yanvaridan Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Oddiy uchuvchidan eskadrilya komandirigacha yo‘lni bosib o‘tgan.
Besh kun o‘tgach, atigi ettinchi parvozidan so‘ng, dushman karvonini yakson etishda oltita Il-2 samolyotlariga yetakchilik qilgan. Sovet uchuvchilari nishonga sakkiz marta zarba beradiva 3 ta tankni, 15 tagacha texnikani va yuzdan kam bo‘lmagan fashistlarni yo‘q qiladi.
11-martda to‘rtlikka bosh bo‘lib 8 ta tankni, 30 tagacha transport vositasini va ko‘plab dushmannning tirik kuchini yo’q qiladi. 15-aprel kuni sakkizlik “Il” Yarsevoga boradigan yo‘lda avto-kolonnani yanchib tashlaydi.
1943-yilning kuzida 826-chi hujumchi polk,Duxovshinsko-Demidovskaya, Nevelskaya va Gorodokskaya jangovar hujum operatsiyalarida faol qatnashadi. 1944-yilning 24-iyunida “Bagration”operatsiyasida oltita hujumchi samolyoti, Vitebsk yaqinida fashistlarning G‘arbiy Dvinni kechib o‘tishini yo‘q qilib, dushmanning tanklariva zirhli transport vositalarini yakson qiladi. Mexanik samolyotni tekshirganda 20 ta teshikni ko‘radi.
1944-yilning 25-iyunida oltilik dushmanning navbatdagi kolonnasini yo‘q qiladi. Uchuvchilar aerodromga qaytib kelayotganida nemislarning “Fokk-Vulf” lari hujum qiladi. Baklarda 10-12 daqiqaga yetadigan yoqilg‘i qolganligini bilsa da, eskadrilya komandiri ularga qo‘nishni buyurdi. Kuch jihatdan ustun bo‘lgan dushman bilan jang qilib, qolganlarni himoya qiladi. Shu epizod hamkasbi Vladimir Gulyayevning “ “Il” havoda” esdaliklarida aks etgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yilning 23-fevralidagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Pyotr Alekseyevich Arefyev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Mukofot varaqasida quyidagilar qayd etilgan:
1943-yilning avgustdan 1944-yilning avgustgacha Arefev boshchiligidagi uchuvchilar 572 ta samarali jangovar parvozlarni amalga oshirgan, 22 ta tankni, 700 tagacha transport vositalarini va vagonlarni yo‘q qilgan, nemislarning mingdan ortiq askarlari va ofitserlarini, to‘rtta poyezdini, ikkita temir yo‘l ko‘prigini, oltita o‘q-dorilar va yoqilg‘i omborlarini yo‘q qilgan, 51 ta yong‘in o‘chog‘ini yuzaga keltirgan.
Shaxsan “109 ta jangovar parvozni amalga oshirgan, 15 tagacha tankni, 30 ta orudiyani, 170 tagacha mashina va vagonlarni, kamida 300 ta dushman askari va ofitserlarini yo‘q qilgan. Dushmanning uchta eshelonini, bir nechta o‘q-dorilar va yoqilg‘i omborlarini portlatgan va 22 ta yong‘in o‘chog‘ini yuzaga keltirgan”. 8 marotaba kuch jihatdan ustun dushman bilan jang qilgan, 18 marta urib tushirilgan, ammo hardoim aerodromga qaytib kelgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI