ABDRSHIN RAMIL XAYRULLAYEVICH

 serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.11.1943) 

1925-yil noyabrda Novomusino (hozirgi Orenburg viloyati, Sharlik tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan.
Ramil Abdrshin maktabning o‘n sinfini tugatgan, 1942-yil iyulda Kattaqo‘rg‘on pedagogika bilim yurtini a’lo baholar bilan tugatdi, shundan so‘ng O‘zbekiston SSRning Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladi.
1943-yil Qizil Armiya safiga chaqirildi va shu yilning mart oyidan Ikkinchi jahon urushida Voronej frontida bo‘lib o‘tgan janglarda qatnashdi.
Zarubinlar, Lukovitlar, Grigorovka (Ukraina SSR ning  Cherkaskiy viloyati, Kanevskiy tumani,) qishloqlari uchun kechgan janglarda Ramil Abdrshin qat’iyat va jasorat ko‘rsatdi.
1943-yil 11-oktabrda fashistlarga qarshi hujum vaqtida Ramil Abdrshin og‘ir yaralandi va 1943-yil 8-noyabrda harbiy gospitalda vafot etdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-noyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda, qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Ramil Xayrullayevich Abdrshin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"JASORAT" MEDAL