ABAYEV AXSARBEK MAGOMETOVICH

gvardiya serjanti, Ikkinchi jahon urush qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (05.16.1944)

Gorskiy ASSRning Xristianovskoye (hozirgi Shimoliy Osetiyaning Digora shahri) qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Osetin. Boshlang‘ich maktabni tugatgan. Kolxozda ishlagan.
1942-yil avgustda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Shimoliy Kavkaz frontida jang qilgan. Kavkaz uchun jangda ko‘rsatgan jonbozligi uchun «Jangovar xizmatlari uchun» va «Kavkaz mudofaasi uchun» medallari bilan mukofotlangan, gvardiya serjanti unvonigacha ko‘tarilgan.
1943-yil 3-noyabrda 6-gvardiya o‘qchila polkining guruh komandiri gvardiya serjanti A.M.Abayev, hozirgi Kerch shahridagi Mayak qishlog‘i yaqinida Kerch yarim orolidagi platsdarmni kengaytirish uchun jangda dushmanning kuchli pulemyot olovi ostida birinchi bo‘lib hujumga otiladi. Komandirning namunasidan ilhomlanib, gvardiyachilar dushman turgan joyga yorib kirib, uni transheyadan siqib chiqaradi. Bu jangda, bo‘linmaning muvaffaqiyatini ta’minlab, gvardiya serjanti A.M.Abayev 40 nafar fashistni yo‘q qiladi va 6 tasini asirga oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 16-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya serjanti Axsarbek Magometovich Abayev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yilda A.M. Abayev zaxiraga bo‘shatilgan. 1947-yilda Orjonikidze temir yo‘l texnikumini tamomlagan. Digora shahrida yashab, mehnat qilgan. 1982-yil 13-mayda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI