ZVEREV ALEKSEY YEFIMOVICH

     Mayor Zverev Aleksey Yefimovich, 1911-yil 15-fevralda Kalinin viloyatining Rjey shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Leningrad elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan.

     1940-yilning may oyidan 1941-yilning dekabr oyiga qadar xizmatni G‘arbiy front tarkibidagi 389-gaubitsa artilleriya polkida boshliq yordamchisi lavozimida olib boradi. 1943-yilning mart oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi Bosh qo‘mondonlikning 533-zaxiradagi tankka qarshi qiruvchi artilleriya polkida radio bo‘yicha aloqa boshlig‘i yordamchisi, 1943-yilning mart oyidan 1945-yilning oktabr oyiga qadar Belorus fronti tarkibidagi 61-armiyaning 533-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polkida radio aloqasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi.

     Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI