ZIMIN VIKTOR VASILEVICH
gvardiya katta serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.06.1945)

1925-yilda Samarqand shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. 7-sinfni tugatgan. 1943-yil fevralda Samarqand shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.

1944-yil iyuldan 1-Ukraina frontidagi janglarda qatnashgan. Jangovar yo‘lini 62-gvardiya tank brigadasi tarkibida, T-34 tankining orudiya komandirligidan boshlagan.

G‘arbiy Ukrainada jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil 22-iyulda bosh dozor tarkibida birinchi bo‘lib, Lvov shahrining janubiy chekkasiga bostirib kiradi. Jangda dushmanning 5 ta sapyorini va 10 ta o‘qchisini yo‘q qiladi. Birinchi jangovar mukofoti – “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.

1944-yil 26-27-iyulda Lvov (Ukraina) janubida dushmanning qarshi hujumini qaytarishda, 2 ta o‘t ochish nuqtasini va 10 dan ortiq dushman askarlarini yo‘q qiladi. 1944-yil avgust oyi boshida, Lvov viloyati hududida aniq nishonga olib 2 ta zirhli transport vositasi, 2 ta transport vositasi, 10 tagacha o‘t ochish nuqtalarini va ko‘plab dushman askarlari hamda ofitserlarini yakson qiladi. 9-avgust kuni ekipaj tarkibida 4 ta dushman snaryadi tegib ishdan chiqqan Sovet tanklarini, jang maydonidan olib chiqadi.

10-gvardiya tank korpusining 1944-yil 12-sentabrdagi buyrug‘i bilan gvardiya serjanti Zimin Viktor Vasilevich III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.

1945-yil 13-yanvarda Zaboje, Volya Moravitska (Polsha, Xmelnik shahrining shimoli-g‘arbiy qismida) aholi yashash punktlari janglarida 1 ta T-IV tankini, 1 ta shturm orudiyasini, 2 ta pulemyot nuqtasini va 10 dan ortiq dushman askarlarini yo‘q qiladi.

II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlash uchun taqdim etiladi.

1945-yil 20-fevraldagi 4-tank armiyasining qo‘shinlari buyrug‘i bilan, gvardiya serjanti Zimin Viktor Vasilevich II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan (o‘ziga topshirilmagan).

1945-yil 24-29-yanvar kunlari Shteynau shahri yaqinidagi Oder daryosi (Germaniya, hozirgi Szinava shahri, Polsha) janglarida jonbozlik ko‘rsatgan. Daryodan kechib o‘tib, 2 ta “Tigir” tankini, 4 ta “T-IV” tankini, o‘ziyurar orudiyani va rotaga teng askarlarni yo‘q qiladi.

Tanki minada portlab, ta’mirlashga yuborilganda, boshqa ekipaj tarkibiga kiradi. Janglarda, Oder daryosidagi platsdarmni egalashida 2 ta “T-V Panter” tanklarini, 4 ta zirhli transport vositalarini, 17 ta o‘q-dorilar va oziq-ovqat tashuvchi transport vositalarini va 200 ga yaqin nemis askarlari hamda ofitserlarini yo‘q qiladi.

Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga taqdim etilgan, taqdimnoma brigada va korpus komandiri tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, lekin 4-tank armiyasining qo‘mondoni mukofot darajasini I-darajali «Shuxrat» ordeni darajasiga tushiradi.

1945-yil 15-martda razvedka olib borayotganida dushman o‘qidan tank ishdan chiqadi. Dushman boshqa tanklarga o‘q ochishni davom ettirayotganida, turgan tankidan o‘t ochib 1 ta orudiyani, hisobi bilan va 1 ta “Tiger” tankini yo‘q qiladi. Tankka yana bir nechta snaryad tegadi, natijada og‘ir yaralanadi. Safdoshlari yordamida tankdan chiqadi, lekin og‘ir jarohatdan halok bo‘ladi. Shu jangi uchun vafotidan so‘ng I-darajali “Vatan urushi” ordeni bilan mukofotlangan.

Jang maydonida dafn qilingan va keyinchalik Klyuchbork shahridagi birodarlik qabristoniga (Opole Voivodeship, Polsha) qayta dafn qilingan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Zimin Viktor Vasilevich I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI