ZBARSKIY ISAAK ABRAMOVICH

        Kapitan Zbarskiy Isaak Abramovich, 1921-yil 27-iyulda Ukraina SSRning Krivoy Rog shahrida tug‘ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti o‘rta, 1940-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

    1942-yilda 3-Ukraina fronti tarkibidagi 8-armiyada siyosiy masalalar bo‘yicha kichik rahbarlarni tayyorlash kurslarida tahsil olgandan so‘ng 353-o‘qchilar diviziyasining 1145-o‘qchilar polkiga batalon harbiy komissari etib tayinlanadi. 1943-yilda 3-Ukraina fronti tarkibidagi 263-o‘qchilar diviziyasining 902-artilleriya polkida razvedka divizioni boshlig‘i, keyinchalik batareya komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yilda og‘ir jarohat olib, 3668-sonli harbiy gospital (Toshkent sh.)da davolanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI