ZAYAKIN KLAVDIY KONSTANTINOVICH

    Mayor Zayakin Klavdiy Konstantinovich, 1919-yil 7-martda Tyumen viloyatining Yarkovskiy tumanidagi Artamonovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda o‘rta maktabning 8-sinfini, 1940-yilda Sibir avtomobil yo‘llari institutining 2-bosqichni tamomlagan.

       1941-yil iyun oyida Ordjonikidze piyodalar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi Boltiqbo‘yi harbiy okrugining 11-armiyasi 3-bo‘limi 2-bo‘linmasiga operativ vakil etib tayinlanadi. 1944-yilning yanvar oyiga qadar Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi 11-armiyaning IIXK maxsus bo‘limida tergovchi, katta tergovchi lavozimlarida xizmat faoliyatini olib boradi. 1944-yilda Belorus fronti tarkibidagi 120-o‘qchilar korpusidagi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida katta tergovchi lavozimida xizmat qiladi. 1944-yilning aprel oyidan boshlab 2-Belorus fronti tarkibidagi 105-o‘qchilar korpusida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta tergovchisi bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI