ZADONSKIY ALEKSEY TIXONOVICH
Katta leytenant Zadonskiy Aleksey Tixonovich, 1907-yil 17-martda Oltoy o‘lkasining Rubsovskiy tumani Lapteyev-Log qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1922-yilda boshlang‘ich maktabning 4-sinfini, 1937-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.
Xizmatni 1941-yilning dekabr oyida Bryansk fronti tarkibidagi 48-armiyaning 8-o‘qchilar diviziyasi harbiy tribunali a’zosi sifatida boshlaydi. 1942-yilning noyabr-dekabr oylarida Bryansk fronti tarkibidagi IIXK maxsus bo‘limi operativ tarkibi kurslarida tahsil oladi, o‘qishni tamomlagandan so‘ng Bryansk fronti tarkibidagi 13-armiyaning 15-o‘qchilar divizisida IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili lavozimiga tayinlanadi. 1943-yilning mart oyidan 1945-yil yanvar oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 148-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida komendantlik qiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.