ZABELIN ALEKSANDR ANDREYEVICH

         Podpolkovnik Zabelin Aleksandr Andreyevich, 1920-yil 20-aprelda Orenburg viloyatining Novo-Sergieyevskiy tumanidagi Nesterovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda Chkalov nomidagi texnikumni tamomlagan.

     Xizmatni 1942-yilning yanvar oyida Kareliya fronti tarkibidagi IIXK qo‘shinlari 80-chegara polkida siyosiy masalalar bo‘licha rahbar o‘rinbosari lavozimida boshlaydi. 1942-yil sentabrda IIXK harbiy-siyosiy bilim yurtiga kursant, keyinchalik esa “SMERSH” Bosh boshqarmasi Moskva maktabiga tinglovchi sifatida o‘qishga qabul qilinadi. 1943-yilning oktabr oyidan 1946-yilning iyul oyiga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi 39-armiyaning 192-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida operativ vakil lavozimida xizmat qiladi hamda Belorussiya va Litvani ozod etish uchun bo‘lib o‘tgan qatnashadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI