YELISEYEV ANATOLIY BORISOVICH

        Polkovnik Yeliseyev Anatoliy Borisovich, 1924-yil 15-iyunda Tatariston SSRning Telman tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Toshkent shahridagi 147-sonli o‘rta maktabini, 1956-yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.

         Xizmatni 1942-yilning oktabr oyida Tinch okeani Floti tarkibidagi Sovgan harbiy dengiz bazasi  (Shimoliy-Tinch okeani Flotiliyasidagi 13006-sonli harbiy qism)da matros, mirzo (kotib) lavozimlarida boshlab, 1947-yil iyul oyiga qadar xizmat qiladi hamda Yaponiya bilan bo‘lgan janglarda ishtirok etadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi”, “Shon-sharaf belgisi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 40 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“SHON-SHARAF BELGISI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI