XUSAINOV XURMAT XAMZAYEVICH

starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)

 1920-yil 10-martda Boshqirdiston Kuyurgazinskiy tumani Yalchikayevo qishlog‘ida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Bashkir. 1944-yilda 7-sinfni bitirgan. Chernikovsk shahriga ko‘chib o‘tgan (hozirda Ufa shahrining Orjonikidzevskiy va Kalinin tumanlari – Boshqirdiston poytaxti). Motor zavodida mexanik bo‘lib ishlagan.
1940-yil 23-oktyabrda Boshqird Muxtor Sovet Sotsialistik respublikasi Ufa shahridagi Stalin viloyat harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. O‘quv batalyoniga yuborilgan.
1942-yil oktabrdan 300-o‘qchi diviziyasi 53-o‘qchi polkida guruh komandiri lavozimida Stalingrad yaqinidagi janglarda qatnashgan. Taganrog shahri yaqinidagi janglarda yaralanadi. Davolanganishdan keyin frontga qaytadi va Donetsk, Makeyevka, Melitopol shaharlarini ozod qilish janglarida qatnashadi. Perekopda jang qiladi, Sivash daryosini kechib o‘tadi. 1-Belorussiya fronti tarkibida Polshaning Varshava, Lyublin Poznan shaharlarini ozod qilishda qatnashgan.
Germaniya poytaxti – Berlin shahrini shturm qilishda qatnashadi. 435-qiruvchi-tankga qarshi artilleriya polkining orudiya komandiri (8-qiruvchi-tankka qarshi artilleriya brigadasi, 69-armiya, 1-Belorusiya fronti) katta serjant X.Husainov 1944-yil 20-avgust kuni Polshaning Pulaviy shahri yaqinida Visla daryosining chap sohilidagi platsdarmni kengaytirishda dushmanning tankga qarshi orudiyasini va pulemyot o‘t ochish nuqtasini yo‘q qiladi, bu o‘qchi bo‘linmalarining muvaffaqiyatli oldinga harakat qilishiga imkon yaratib beradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-sentabrdagi Farmoni bilan “Nemis-fashist bosqinchilari bilan bo‘lgan janglarda qo‘mondonlikning jangovar buyruq va topshiriqlarni namunali bajarganligi uchun”, katta serjant Xusainov Xurmat Xamzeevich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yil 14-yanvarda Pulavey shahridan (Polsha) o‘n yarim kilometr janubi-sharqda joylashgan Lavetsko-Nove qishlog‘i yaqinida serjant Xusainov kuzatuv postini (KP) va o‘ndan ortiq dushman askarlarini yo‘q qiladi. Polshaning Poznan shahrining yaqinida bo‘lib o‘tgan janglarda mohir artilleriyachi ochiq pozitsiyadan turib, minamyot olovi va vzvodga teng askarlarini yakson qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 8-martdagi Farmoni bilan “Nemis-fashist bosqinchilari bilan bo‘lgan janglarda qo‘mondonlikning jangovar buyruq va topshiriqlarni namunali bajarganligi uchun”, serjant Xusainov Xurmat Xamzeevich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yil 17-aprelda Lebus shahrining g‘arbiy chekkasida (Germaniya) starshina Hurmat Xusainov tankga qarshi pushkani, 2 ta pulemyot nuqtasini va o‘nga yaqin nemis askarlarini orudiyasi olovi bilan yakson qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Nemis-fashist bosqinchilari bilan bo‘lgan janglarda qo‘mondonlikning jangovar buyruq va topshiriqlarni namunali bajarganligi uchun”, serjant Xusainov Xurmat Xamzeevich I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1946-yil iyun oyida starshina Xusainov zahiraga bo‘shatilgan. Boshqirdistonga qaytib kelgan. 1948-yilda Tojikistonning Garm viloyatiga ko‘chib kelgan va Garm shahrida harbiy yo‘riqchi bo‘lib ishlagan.
1953 yildan Samarqand shahrida yashagan. 3-sonli Samarqand avtomobillarni ta’mirlash zavodida mexanik bo‘lib ishlagan.
2002-yil 10-martda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI