XODJABAYEV ANVARBEK

         Katta leytenant Xodjabayev Anvarbek, 1920-yil 6-yanvarda Qozog’iston SSRning Qizil-O’rda viloyati Tunkeris qishlog’ida tug’ilgan, millati qozoq, ma’lumoti oliy, 1953-yilda Toshkent yuridik institutini, 1966-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.

     Xizmatni 1941-yil noyabrda 7-sonli zaxira artilleriya polkida oddiy askar, aloqa bo’limi komandiri sifatida boshlagan. 1942-yil sentabrdan 1943-yil yanvargacha Markaziy frontning 7-artilleriya polkining aloqa bo’limi komandiri. 1944-yil avgustgacha, Oryol va Kursk frontlarining 360-gaubitsa artilleriya polkining katta telefonisti, aloqa bo’limi komandiri edi. 1944-yil avgustdan 1945-yil maygacha 1-Ukraina frontining 116-og’ir gaubitsa artilleriya brigadasi aloqa bo’limi komandiri bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “III darajali benuqson xizmatlari uchun” va “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI