VORJEYEV VASILIY ANDREYEVICH
Leytenant Vorjeyev Vasiliy Andreyevich, 1912-yil 4-martda Oltoy o‘lkasining Zmeinogorskiy tumani Beloe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1932 -yilda Gorno-Kolivani o‘rta maktabining 7-sinfini, 1938-yilda Novosibirsk sirtqi o‘rta maktabini tamomlagan.
Harbiy xizmatni 1941-yil iyun oyida G‘arbiy front tarkibidagi 24-armiyaning aloqa bo‘limi boshlig‘i lavozimida boshlaydi. Jarohat olganligi sababli 1941-yil oktabr oyidan 1942-yil sentabr oyiga qadar 2386-sonli gospital (Moskva sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng G‘arbiy frontning 247-diviziyasi shtabiga kotiblik lavozimiga tayinlanadi. 1943-yil aprel oyidan 1945-yil mart oyiga qadar 1-Belorus frontining 247-o‘qchilar diviziyasi 916-o‘qchilar polkida batalon kimyoviy yo‘riqchi lavozimida xizmat qiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.