VOLKOV NIKOLAY MIXAYLOVICH

       Katta leytenant Volkov Nikolay Mixaylovich, 1920-yil 31-oktabrda Moskva viloyatining Podolsk tumani Klenovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1936-yilda Podolsk tumanidagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan, 1940-yilda Podolsk industriya texnikumini tamomlagan.

     1941-yil sentabr oyida qo‘mondonlik tarkibining malakasini oshirish kurslarini tamomlagandan so‘ng 53-alohida muhandislar batalonining vzvod komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1943-yil dekabr oyida Leningrad fronti “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining operativ tarkibni tayyorlash kurslarida tahsil oladi. 1944-yilning mart-iyun oylarida Leningrad fronti “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi tergovchisi bo‘lgan. 1944-yil iyun oyidan 1945-yil iyun oyiga qadar Leningrad va 1-Ukraina frontlari tarkibidagi 8-armiyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi tergovchisi, keyinchalik 72-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi katta tergovchisi lavozimlarida xizmat qiladi.

      Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI