VNUCHKOV IVAN DMITRIYEVICH
Polkovnik Vnuchkov Ivan Dmitriyevich, 1925-yil 16-oktabrda Volgograd viloyatining Rudyanskiy tumanidagi Sudache qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, 1943-yilda Turkiston harbiy okrugi tarkibidagi Gomel harbiy piyodalar bilim yurtini tamomlagan.
Xizmatni 1943-yil iyun oyida Moskva harbiy okrugi tarkibidagi havo desanti brigadasida 20-gvardiya minomyotchigi lavozimida boshlaydi. 1944-yil yanvar-sentabr oylarida Kareliya fronti 98-gvardiya o‘qchilar diviziyasida vzvod komandiri yordamchisi lavozimida xizmat qiladi. 1944-1945-yillarda 3-Ukraina frontida tarkibidagi 103-gvardiya o‘qchilar diviziyasida bo‘linma komandiri, keyinchalik 322-gvardiya polkida vzvod komandiri lavozimlarida harbiy xizmatni davom ettiradi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.