VELICHKO FEDOR MITROFANOVICH

     Katta leytenant Velichko Fedor Mitrofanovich, 1919-yil 8-iyunda Qirg‘iziston SSRning To‘qmoq shahrida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda Frunze yer tuzilishi texnikumini tamomlagan.

       1940-yil dekabr oyidan 1941-yil avgust oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 115-tank hujumiga qarshi alohida diviziyada to‘pchilar komandiri lavozimida xizmat qilgan. Jarohatlanganligi sababli 1871-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Sog‘lig‘ini tiklagandan so‘ng 1941-yil sentabr oyida aritlleriya polkiga jo‘natiladi. 1942-yilda Volxov fronti tarkibidagi 115-alohida havo hujumidan mudofaa vzvodining 115-alohida minomyotchilar vzvodi komandiri lavozimida xizmat qiladi. 1942-yil oktabr oyida navbatdagi jarohatdan so‘ng 1928-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. 1943-yil yanvar oyidan 1945-yil may oyiga qadar xizmatni 2-Ukraina fronti tarkibiga kiruvchi 364-alohida Dnestrovskiy gvardiya og‘ir o‘ziyurar artilleriya polkida avtomatchilar rotasida starshina lavozimida davom ettiradi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI