VARTANOV VSEYEVOLOD GRIGORYEVICH

      Podpolkovnik Vartanov Vseyevolod Grigoryevich, 1921-yil 4-sentabrda Tula viloyatining Aleksin shahrida dunyoga kelgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1951-yilda Moskva xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.

       1939-yilning yanvar oyidan 1940-yilning yanvar oyiga qadar Uzoq Sharq fronti 2-maxsus armiyasi 202-harbiy desant brigadasida kursant sifatida harbiy xizmatni boshlaydi. 1941-yilning oktabr oyiga qadar 3-o‘qchilar diviziyasining 70-o‘qchilar polkida kimyoviy yo’riqchi, 1941-yil oktabr oyidan 1942-yil yanvar oyiga qadar esa 206-o‘qchilar diviziyasidaning kimyoviy laboratoriyasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. 1942-1943-yillarda Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 2-maxsus armiyaning 74-tankchilar brigadasi o‘qchilar batalonida kimyoviy xizmat boshlig‘i bo‘lgan. 1943-yil oktabr oyidan 1944-yil aprel oyiga qadar Moskva shahridagi texnik qo‘shinlari Oliy ofitserlar maktabida tahsil oladi. 1944-1945-yillarda 2-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 8-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 30-gvardiya o‘qchilar polkida kimyoviy xizmat boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi. 1945-yil fevral-iyun oylarida jarohatlanganligi sababli 2224-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI