ULYANOVA YEKATERINA ANDREYEVNA

    Katta leytenant Ulyanova (Lebedeva) Yekaterina Andreevna, 1920-yil 15-noyabrda Moskva viloyati Krivandinskiy tumani Anankino qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1938-yilda Moskva shahridagi o’rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

      1940-yil iyun oyida Belorussiya SSR IIXK Brest viloyat boshqarmasida ish yurituvchi-mashinistka lavozimida xizmat qilgan. 1941-yildan 1942-yilgacha – Bryansk frontining 24-aviatsiya diviziyasi IIXK maxsus bo’limida ish yurituvchi-mashinistka. 1943-yildan 1944-yilgacha – Bryansk frontining 15-Havo armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi. 1944-yilda 2-Boltiqbo’yi frontining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi kadrlar bo’limining operativ xodimi etib tayinlangan. 1945-yil dekabr oyiga qadar Gorkiy harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi bo’lib ishlagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni va “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI