TURCHANINOVA TAMARA PETROVNA
Starshina Turchaninova Tamara Petrovna, 1924-yil 8-martda Orlov viloyati Novosilskiy tumanida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Novosilsk shahridagi o’rta maktabning 10-sinfini, 1942-yilda Sverdlovsk shahridagi sanoat institutini tamomlagan.
1942-yil noyabr oyidan 1943-yil aprel oyigacha bo’lgan davrda Yaroslavl intendantlik bilim yurti (Omsk sh.) kursanti bo’lgan. 1944-yil iyun oyiga qadar Janubi-g’arbiy frontning 3-Gvardiya armiyasi oziq-ovqat bo’limining 2-bo’linmasi katta kotibi. 1944-yil iyun oyidan 1945-yil may oyigacha 4-Ukraina frontining 3-Gvardiya armiyasi 196-armiya zaxira o’qchi polkining ofitserlar oshxonasi mudiri bo’lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun” va “Pragani ozod qilganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.