TRAVIN FEDOR VASILYEVICH

      Katta leytenant Travin Fedor Vasilyevich, 1920-yil 16- oktabrda Voronej viloyati Talitskiy tumani Rovenka qishlog’ida tug’ilgan, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, 1936-yilda o’rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

      Harbiy xizmatni 1940-yil avgust oyida Korosten shahridagi IIXK qo’shinlari 55-polkida oddiy askarlikdan boshlagan. 1941-yil fevral oyidan 1942-yil iyul oyigacha bo’lgan davrda Stalingrad frontining 62-Armiyasi 95-o’qchi diviziyasida oddiy askar sifatida xizmat o’tagan. 1942-yil sentabr oyida kontuziya olgach, diviziya tibbiy sanitariya batalyonida davolanishda bo’lgan. Sog’lig’i tiklangandan so’ng, Stalingrad va Janubi-G’arbiy frontlarning 62-Armiyasi IIXK maxsus bo’limi 3-bo’linmasiga amaliyotchi-operativ xodim etib tayinlanadi. 1943-yil iyun oyigacha 1-Belorussiya va 3-Ukraina frontlarining 8-Gvardiya armiyasining 149-o’qchi polkining IIXK “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi. 1942-yil iyun oyidan 1945-yil may oyigacha 3-Zarbdor armiya qoshidagi Germaniya hududidan fuqarolarni repatriatsiya qilish (qaytarish) bo’yicha filtrlash komissiyasi raisining o’rinbosari bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI