TITOV IVAN FYODOROVICH

kichik serjant Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (24.03.1945)

1922 yilda tug‘ilgan (boshqa ma’lumotlar – 1924 yilda), Moskva viloyati, Solnechnogorsk tumani, Koskovo qishlog‘ida. Hozirgi Moskva viloyati, Ximki qishlog‘ida yashagan. Rus.
1943-yil martda O‘zbekiston SSR Toshkent shahri Kirov tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
O‘sha yilning aprel oyidan boshlab Voronej (1943-yil 14-aprel – 27-iyul), Kalininskiy (1943-yil 10-avgust – 20-oktabr), 1 va 2 Boltiq frontlarida jangda qatnashgan.
1944-yil yanvariga qadar 270-o‘qchilar diviziyasida, avval divizion razvedka bo‘linmasida, so‘ngra 977-o‘qchi polkida jang qilgan. Shu polk tarkibida butun jangovar yo‘lini bosib o‘tgan.
1944-yil yanvar-fevral oylarida Belorusiya hududida hujum janglarida 10 dan ortiq fashistlarni qirib tashlagan va 2 tasini asir olishga imkon yaratgan.
Birinchi harbiy mukofot – “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan. 1944-yil 23-iyunda Myasoedovo (Vitebsk viloyatining Shumilinskiy tumani) qishlog‘ida dushman tanklar va piyodalar bilan qarshi hujumga o‘tganida, kichik serjant Titov dushmanning yon tomoniga o‘tib, o‘t ochib tanklardan dushman askarlaini ajratib tashlaydi va 8 tasini yo‘q qiladi. 27-iyun kuni Ulla qishlog‘idan (Vitebsk viloyati Beshenkovichi tumani) shimoli-g‘arbdagi Zapadnaya Dvina daryosining qirg‘og‘idagi platsdarmni kengaytirishda dushmanning 7 ta piyoda askarini o‘ldiradi va muhim hujjatlarni qo‘lga kiritadi.
“Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlash uchun taqdim etilgan. 1944-yil 10-iyuldagi 270-o‘qchilar diviziyasining buyrug‘iga bilan kichik serjant Titov Ivan Fedorovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 12-18-iyulda kichik serjant Titov Drissa shahri (hozirgi Vitebsk viloyatidagi Verxnedvinsk shahri) yaqinida Zapadnaya Dvina daryosidagi ko‘prik uchun jangda kichik serjant Titov guruh bilan dushman transheyasiga yorib kiradi, 7 ta nemis askarini yo‘q qiladi. 22-iyul kuni shu hududda, razvedka guruhi tarkibida, tungi qidiruvda, fashistlar bilan jangga kirishib, bir nechtasini yo‘q qiladi va dushman ofitserini asirga oladi.

“Qizil yulduz” ordeni taqdim etiladi, ammo mukofot darajasi 270-o‘qchilar diviziyasi qo‘mondoni tomonidan o‘zgartirildi. 6-gvardiya armiyasi qo‘shinlarining 1944-yil 15-sentabrdagi buyrug‘i bilan kichik serjant Titov Ivan Fedorovich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 5-oktabrda Jilyay (Shyaulyay viloyati, Litva) qishlog‘i yaqinida dushman mudofaasini yorib o‘tishda kichik serjant Titov birinchi bo‘lib hujumni boshlaydi, Venta daryosini kechib o‘tib, marrani egallab, daryoni kechib o‘tayotgan rotani dushmanga o‘t ochib pana qilib turadi. Orqaga chekinayotgan dushmanni taqib qilib, bir nechta fashistlarni, 4 ta askar va 1 ta ofitserni yo‘q qiladi va 1 tasini asir oladi.
I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlash uchun taqdim etiladi. Taqdirlash hujjatlari rasmiylashtirilayotganda, dushmanning Kurlyand guruhini yo‘q qilish uchun janglar davom etayotgan edi. 1945-yil fevralga kelib, starshina Titov o‘z polkida 6-o‘qchi rotasining o‘qchi vzvodini komandiri edi. 1945-yil 25-fevralda Gobzemye qishlog‘ida (Priekulskiy o‘lkasi, Latviya) dushmanning mustahkamlangan tayanch punkti uchun bo‘lgan jangda birinchi bo‘lib Titov vzvodini hujumga boshlaydi va dushman tarsheyasiga yorib kiradi. Vzvod 50 dan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi, Titov shaxsan o‘zi 7 ta askar joylashgan blindajga granata uloqtirib ularni yakson qiladi.
I-darajali “Vatan urushi” ordeniga taqdim etiladi, lekin o‘qchi korpusining qo‘mondoni mukofotni “Qizil yulduz” ordeniga o‘zgartirilgan.
1945-yil 19-martdagi jangda, dushmanning qarshi hujumini qaytarishda 18 nafar fashistni yo‘q qiladi, dushmanning sarosimasiga tushganini ko‘rib, vzvodni hujumga ko‘taradi, lekin o‘q tegadi.
Shu jang uchun vafotidan so‘ng II-darajali “Vatan urushi” ordeni bilan mukofotlangan. Jang maydonida dafn qilingan va keyinchalik Priekule shahridagi 8-sonli birodarlik qabriga qayta dafn qilingan (Priekulskiy o‘lkasi, Latviya).
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Titov Ivan Fedorovich I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.

 

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI