TISHKIN VASILIY VARFOLOMEYEVICH

       Podpolkovnik Tishkin Vasiliy Varfolomeyevich, 1918-yil 18-yanvarda Tambov viloyati Kirsanov tumani Vyachka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Voronej davlat universitetini va 1957-yilda O’rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.

        1941-yil dekabr oyidan 1942-yil dekabr oyigacha bo’lgan davrda Kalinin frontining 3-Zarbdor armiyasi 257-o’qchi diviziyasi 948-o’qchi polkining rota politrugi sifatida xizmat o’tagan. Yaralanganligi sabab 2872-sonli evakuatsiya gospitalida davolangan. Sog’lig’i tiklanganidan so’ng 1943-yil iyun oyida Kalinin frontining 12-ofitselar polki zaxirasiga yuborilgan. 1944-yil noyabr oyigacha Kalinin va 1-Boltiqbo’yi frontlarining 4-Zarbdor armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi tergovchisi bo’lgan. 1944-yil noyabr oyidan 1945-yil avgust oyigacha 1-Boltiqbo’yi fronti 4-Zarbdor armiyasi  “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi katta tergovchisi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil” va “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI