TATARINOV VASILIY NIKITOVICH

        Kapitan Tatarinov Vasiliy Nikitovich, 1917-yil 2-fevralda Tambov viloyati Injavinskiy tumani Parevka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Leningrad pedagogika institutini tamomlagan.

        1941-yil dekabr oyida G’arbiy frontning 107-piyoda askarlar diviziyasi batalyonida mas’ul kotib lavozimida ishlagan. 1942-yil fevral oyidan may oyiga qadar G’arbiy frontning 20-Armiyasi 230-alohida zenit artilleriya divizioni batareyasining siyosiy masalalar bo‘yicha rahbari o’rinbosari, 1942-yil may oyida 324-alohida zenit artilleriya divizioni batareyasining siyosiy masalalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari. 1942-yil sentabr oyiga qadar Janubiy Ural harbiy okrugi IIXK maxsus bo’limining zaxiradagi operativ xodimi. 1942-yil sentabr oyidan 1943-yil may oyigacha – IIXK maxsus bo’limi, so’ng 13-zaxira o‘qchi brigadasining 365-zaxira o‘qchi polki “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi. 1945 yil avgust oyigacha 12-zaxira o‘qchi diviziyasi 26-zaxira o‘qchi polkining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi katta operativ xodimi, boshliq o’rinbosari bo’lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI