TASHPULATOV MALIK

        Mayor Tashpulatov Malik, 1923-yil 30-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1941-yil Toshkent pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

         1942-yil aprel oyida O’zSSR IIXK 3-sonli axloq tuzatish koloniyasi senzori sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yil iyun oyida Voronej frontining 6-armiyasi 174-o‘qchi diviziyasi 36-zaxira o‘qchi polki avtomatchisi, so’ng 508-o‘qchi polki komandiri etib tayinlanadi. 1942-yil avgust oyidan oktabr oyiga qadar yaralanganligi sababli 230-evakuatsiya gospitalida davolanishda bo’lgan. Sog’lig’i tuklangandan so’ng Voronej frontining 6-armiyasi IIXK maxsus bo’limiga tarjimon sifatida yuborilgan. 1943-yilda IIXK 156-sonli bo’linmasining 1-toifali nazoratchisi. 1943-yil dekabr oyidan 1945-yil may oyiga qadar 3-Ukraina frontining IIXK 29-sonli bo’linmasi 1-toifali nazoratchisi bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI