TANGMATOV ABDUXOL

serjant Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.03.1965)

1922-yil 10-oktabrda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Jom qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 7-sinfni tugatgandan so‘ng kolxozda ishladi.
1941-yil dekabrda Samarqand viloyatining Katta-Qo‘rg‘on tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil dekabrdan Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. 1944-yil 22-iyulda Lvov viloyati Zolochyov shahri yaqinidagi jangda o‘z hisobi tarkibida o‘qchi rotaga hujumini rivojlantirishga yordam berib, ko‘plab dushman tirik kuchlarini safdan chiqargan.
1944-yil 4-sentabrdagi 60-armiyaning buyrug‘iga bilan Tangmatov Abduxol III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yil 30-martda Ratibot shahri uchun (hozirgi Raciborz shahri, Polsha) jangda pulemyotdan 15 dan ortiq dushman askarini, shu jumladan Faustpatronlar bilan qurollangan 2 askarni yo‘q qiladi.
1945-yil 4-maydagi buyruq bilan kichik serjant Tangmatov Abduxol II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 31-martda Ratibor shahridagi ko‘cha janglarida dushmanning faol o‘t ochish nuqtasini va bir nechta pulemyotchilarni yakson qiladi.
1945-yil 27-maydagi buyruq bilan Tangmatov Abduxol II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan qayta taqdirlangan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1965-yil 27-martdagi Farmoni bilan 1945-yil 27 maydagi buyrug‘i bilan berilgan II-darajali “Shuxrat” I-darajali “Shuxrat” ordeniga o‘zgartirilib qaytadan taqdirlangan.
1946-yilda zahiraga bo‘shatigan, vataniga qaytib, qurilish tashkilotlarida ishlagan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI