TALAGAYEV GEORGIY VASILYEVICH
Polkovnik Talagayev Georgiy Vasilyevich, 1926-yilda Bryansk viloyatitning Mglinskiy tumani Velikaya Dubrava qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumotli oliy, 1940 yilda o’rta maktabning 6-sinfini, 1960-yilda DXQ Leningrad chet tillari institutini tamomlagan.
Xizmatni 1943-yil oktabrda Volgabo’yi harbiy okrugi 377-zaxira o‘qchi polki askari sifatida boshlagan. 1944-yil fevral oyidan 53-o‘quv-o‘qchi polkining 11-o‘quv-o‘qchi brigadasi kursanti. 1944-yil oktabr oyida 1-Ukraina frontining 399-o‘qchi polki, 111-o‘qchi Aleksandriya brigadasining bo’linma komandiri sifatida yuborilgan. 1945-yil fevral oyida yarador bo’ladi va 24049-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Sog’lig’i tiklangandan so’ng 1-Ukraina frontining 317-zaxira o‘qchi polkining bo’linma komandiri etib tayinlanadi. Yana bir bor jarohat olgani sababli 1945-yil 5-mayda 3450-sonli evakuatsiya gospitaliga davolanish uchun yuboriladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I darajali Vatan urushi”, “III darajali Shon-sharaf” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “I , II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 40 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50, 60 va 70 yil” medallari bilan taqdirlangan.