SVIRIDOV SERGEY IVANOVICH

     Polkovnik Sviridov Sergey Ivanovich, 1911-yil 24-sentyabrda Voronej viloyati Xlemensk tumani Otskochniy qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1952-yilda Taganrog pedagogika institutini tamomlagan.

       1941-yil oktabr oyidan 1942-yil oktabr oyiga qadar Xarkov harbiy okrugi va Janubiy front 57-armiya IIXK maxsus bo’limi katta operativ vakili sifatida xizmat o’tagan. 1943-yil may oyigacha Donsk fronti 68-armiya IIXK maxsus bo’limi
5-bo’linmasi katta operativ vakili. 1943-yil may oyidan noyabr oyiga qadar Shimoliy-G’arbiy front 68-armiya “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi 2-bo’linmasi boshlig’i o’rinbosari. 1943-yil noyabr oyidan 1944-yil oktabr oyigacha Belorussiya harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi tezkor bo’linmasi boshlig’i. 1945-yilgacha Stavropol harbiy okrugi 49-o’quv o’qchilar diviziyasi 7-o’quv o’qchilar polki “SMERSH” kontrrazvedka bo’linmasi boshlig’i lavozimida xizmat qilgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI