STROKACH GAVRIIL TIXONOVICH

 

        Kapitan Strokach Gavriil Tixonovich, 1916-yil 26-mayda Primorskiy o’lkasining Shmakovskiy tumani Nevskoe qishlog’ida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o’rta, 1941-yilda Xabarovsk pedagogika institutining 2-kursini tamomlagan.

      1941-yil iyul oyidan 1942-yil avgust oyigacha bo’lgan davrda Don frontining 166-o‘qchilar polki 98-o‘qchilar diviziyasi batareya komandiri lavozimida xizmat o’tagan. 1943-yil yanvar oyiga qadar Don fronti pulemyot eskadroni komandir o’rinbosari. 1943-yilda Don va Markaziy frontlar 1-gvardiya artilleriya diviziyasi boshqarmasi shtabi batareya komandiri o’rinbosari bo’lgan. 1944-yil yanvar oyida Ufa piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagandan so’ng, Janubiy Ural harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi zaxirasiga operativ vakil lavozimiga tayinlanadi. 1944-yil iyul oyidan 1945-yil aprel oyigacha Chkalovsk zenit-artilleriya maktabiga xizmat ko’rsatuvchi Janubiy Ural harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ vakili lavozimida xizmat faoliyatini olib borgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI