STEPANOV IGOR ALEKSEYEVICH

        Katta serjant Stepanov Igor Alekseyevich, 1917-yil 22-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang‘ich, 1931-yilda o‘rta maktabning 3-sinfini tamomlagan.

        1941-yil iyun oyidan 1946-yil may oyigacha bo‘lgan davrda G‘arbiy va 1-Belorus frontlari 12-o‘qchilar diviziyasi 37-gvardiya o‘qchilar polki aloqa bo‘linmasi komandiri lavozimida xizmat o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II  darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil”  medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI