STENKO PAVEL YEMELYANOVICH
Leytenant Stenko Pavel Yemelyanovich, 1918-yil
16-avgustda Ukraina SSRning Poltava viloyati Piriatinskiy tumani Vechirki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda zootexnika texnikumini tamomlagan.
1942-yil oktabr oyidan 1943-yil iyul oyigacha bo‘lgan davrda 35-armiyaning 408-Priamursk polkining aloqa rotasi komandiri o‘rinbosari lavozimida xizmat o‘tagan. 1943-yil iyul oyidan 1945-yil avgust oyiga qadar Primorskiy harbiy okrugi 35-armiyasi 66-o‘qchilar diviziyasi 108-o‘qchilar polki aloqa vzvodi komandiri, 1945-yil avgust oyidan dekabr oyigacha 1-Uzoq Sharq fronti tarkibida 66-o‘qchilar diviziyasi 108-o‘qchilar polki aloqa vzvodi komandiri bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.