SOKOLOV YEVGENIY MIXAYLOVICH
Starshina Sokolov Yevgeniy Mixaylovich, 1908-yil
2-noyabrda Ukraina SSRning Odessa shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, kechki o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.
1941-yil iyul oyida O’rta Osiyo harbiy okrugi 2-alohida bronetank divizionida haydovchi-mexanik lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil mart oyidan 1944-yil dekabr oyigacha 2-Belorus fronti 2-alohida bronetank divizioni haydovchi-mexanigi, 1945-yil may oyiga qadar 2 va 3-Belorus frontlari 18-katta tanklar polkini haydovchi-mexanigi bo‘lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Ulug‘ Vatan Urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.