SKREXIN ANATOLIY STEPANOVICH
Katta serjant Skrexin Anatoliy Stepanovich, 1917-yil
24-martda Oltoy o’lkasi Sharchinskiy tumani Korchino qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang’ich, 1933-yilda qishloq maktabining 4-sinfini tamomlagan.
1938-yil oktabr oyida Kavkaz orti harbiy okrugi 27-diviziya 27-alohida zenit-divizionida Qizil Armiya askari sifatida xizmatni boshlagan. 1941-yil may oyidan 1942-yil iyul oyigacha Vyazma shahridagi 177-tank brigadasining Qizil Armiya askari, 1942-yil oktabrga qadar Rjev shahridagi 92-tank brigadasining qurol-aslaha komandiri bo’lgan. 1942-yil oktabr oyidan 1945-yil may oyigacha bo’lgan davrda 1-Belorus frontining 8- va 33-armiyalari 183-zenit-o’qchilar polki 8-armiya rotasi boshlig’i.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.